«Amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat…» – qo‘shib yozishlar davom etyapti
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chatlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ma’lum qildi.
O‘tayevga ko‘ra, yana 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chatlar sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. 35 ta holatda esa yetkazib berilgan ko‘chatlar o‘z vaqtida ekilmaganligi sababli 19 mingdan ortiq ko‘chatlar nobud qilingan. https://telegra.ph/541-ta-%D2%B3olatda-amalda-ehkilmagan-bir-milliondan-ziyod-k%D1%9Echatlar-%D2%B3isobotlarga-%D2%9B%D1%9Eshib-yozilgan-06-10
Joriy yilning o‘tgan davrida prokuratura organlari tomonidan 7 232ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni komensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklangan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning «bahor mavsumi” da 125 mln. tup daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish, «yashil bog‘», «Yashil belbog‘» tashkil etish ishlari rejalashtirilgan.
Bu borada qabul qilingan Hukumatning 2024 yil 7 martdagi 144-F–sonli farmoyishiga muvofiq elektron platformaga bahor mavsumida 139 mln. tup daraxt ekilishi ta’minlangangiligi to‘g‘risida ma’lumot kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Yashil makon» loyhasi doirasida ko‘chat o‘tqazish bilan bog‘liq qo‘shib yozishlar haqida avvalroq davlat rahbarining o‘zi ham mas’ullarni tanqid ostiga olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter