Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tahlil: Toshkent supermarketlarida kartoshka arzonladi

Tahlil: Toshkent supermarketlarida kartoshka arzonladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi.

Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. O‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan.

Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.

Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular - bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq go‘shti (file).

Tahlil 2025 y. 9 yanvar va 6 fevral kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring