Kartoshka va yurak xastaliklari — bog‘liqlik bormi?
![Kartoshka va yurak xastaliklari — bog‘liqlik bormi?](https://static.xabaruz.com/crop/1/2/920__95_1283686263.jpg)
Amerikalik olimlar kartoshka iste’mol qilish hamda yurak-qon tomir kasalliklari va gipertoniya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsadida yirik metatahlil o‘tkazishdi.
Tadqiqotda 110 mingdan ziyod odam qatnashdi, ma’lumotlar uzoq davom etgan yettita kuzatuv tadqiqotidan olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, yurak xastaliklarining paydo bo‘lishi ehtimoli yeyilgan kartoshka (qaynatilgan, duxovkada pishirilgan yoki pyure) miqdoriga bog‘liq emas. Hatto yosh, ovqatlanish odati, hayot tarzi kabi omillar hisobga olinganda ham jiddiy ta’sir yuzaga chiqmadi.
Faqat qovurilgan kartoshka qon bosimini sal oshirishi mumkin. Haftasiga kamida bir martadan kartoshka frini iste’mol qilishga odatlanish gipertoniya (qon bosimi kasalligi) rivojlanishi ehtimolini 10 foizga oshiradi, deyiladi olimlarning xulosasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter