Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston 28-yanvardan kartoshka olib chiqishni taqiqladi

Qozog‘iston 28-yanvardan kartoshka olib chiqishni taqiqladi

Foto: Pixabay

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi kecha imzolagan buyruqqa muvofiq, bugun, 28-yanvardan mamlakat hududidan kartoshka olib chiqish taqiqlandi.

Cheklov muddati olti oy bo‘lib, yangi va sovitilgan kartoshkani Qozog‘iston hududidan barcha turdagi transportlarda olib chiqishni man etadi. Faqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlar bundan mustasno.

Vazirlik tushuntirishicha, butun aholining mavsum oralig‘ida (yanvar–aprel) kartoshkaga ehtiyoji 675 ming tonna deya baholangan, kartoshka taqchilligi esa 374 ming tonna (shahar aholisi uchun 123 ming tonna)ni tashkil etishi kutilmoqda.

Shu sababli ichki bozorda taqchillik keskinlashishining oldini olish hamda hozirgi eksport darajasi yuqoriligini hisobga olib, Qozog‘iston hududidan uchinchi mamlakatlarga kartoshka olib chiqishni taqiqlashga qaror qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring