Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YHXBB tender savdolarida qonun buzilishi aniqlandi

YHXBB tender savdolarida qonun buzilishi aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining tender savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining buzilishi qayd etildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 10 iyunda boshlang‘ich qiymati 26 mlrd 500 mln so‘mga yaqin o‘tkazilgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. 

Qo‘mita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan o‘rganishlarda tender savdolari yo‘l belgilari uchun bo‘yoqlar va  shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Ishni ko‘rib chiqish natijasida, «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga nisbatan tender savdo natijasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Shuningdek, ushbu qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxsga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikni belgilash  masalasi ko‘rib chiqiladi. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring