Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir nechta bankka nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Bir nechta bankka nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Raqobat qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlarda) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda iste’molchilarning huquqlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib bormoqda.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan monitoringlar davomida «Reklama to‘g‘risida»gi va  «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunlar talablari buzilishi alomatlari bilan «HAYOT BANK» AJ , «YANGI BANK» AJ, «Aloqa Bank» AT, «ASIA ALLIANCE BANK» ATB, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB (SQB), «BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI» ATB banklari va «SASH U mikromoliya tashkiloti» MChJga  nisbatan Ko‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan ishlar qo‘zg‘atildi.

Qo‘zg‘atilgan ishlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi, deyiladi qo‘mita xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring