Parij olimpiadasi medallarining «misi» chiqmoqda
Fransiyalik suzuvchilar Klement Sekki va Yohann Ndoye-Bruar Parij-2024 olimpiadasida o‘zlari qo‘lga kiritgan bronza medallari ko‘rinishi yomon ahvolga tushganidan shikoyat qilishdi.
Yozgi olimpada tugaganidan to‘rt oy o‘tib, ularning medallari asl ko‘rinishini yo‘qotgan.
Parij olimpiadasi medallarida tashkilotchi shaharga ehtirom sifatida Eyfel minorasi aks ettirilgan. Medallarning tarkibi farq qiladi: masalan, oltin medallar kumushdan quyilib, tilla bilan qoplanadi, bronza medallari esa odatda mis, rux va qalayi aralashmasidan tayyorlanadi.
«Shu bois bronza havo va namlik ta’sirida tabiiy oksidlanishga uchraydi. Bronzaning yemirilish tezligi qotishmadagi metallar nisbatiga bog‘liq, arzonroq metallar bu jarayonni tezlatadi», — deyiladi norozi sportchilarga maqola orqali berilgan javobda.
Ma’lumot uchun: Fransiyada bu yil o‘tgan Yozgi olimpiada medallarida Eyfel minorasi ta’mirlanishi jarayonida olingan eskirgan metall parchalari ham esdalik sifatida ishlatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter