Xavfsizlik soati «yadroviy tun» boshlanishiga 89 soniya qolganini ko‘rsatmoqda
Global tahdidlar darajasini ifodalovchi «Qiyomat kuni» soati millari «yadroviy tun» boshlanishiga 89 soniya qolgan vaqtga o‘rnatildi (23:58:31). Bu tarixdagi eng yaqin ko‘rsatkich.
Amerikaning «Bulletin of the Atomic Scientists» jurnali tomonidan 1947-yildan buyon yuritib kelayotgan loyiha har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim o‘zgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bog‘liq xatarlardan shu tariqa ogohlantirib keladi. Soat millarini o‘zgartirish qarorini jurnalning direktorlar kengashi yetakchi olimlar va tahlilchilar bilan bamaslahat qabul qiladi.
2020-yil yanvarida «yadroviy tun» boshlanishiga 100 soniya qolgandi (soat millari 20 soniya oldinga surilgan). 2024-yilda millar o‘zgarishsiz qolgan, ammo 2025-yilda olimlar uni «yarim tun»ga yaqinroq surishni zarur deb topishdi.
Soat millari dastavval 23:53 da o‘rnatilgan. Millar ko‘rsatgan eng bexavotir nuqta (23:43) sovuq urush tugaganidan so‘ng 1991-yilda qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter