Tramp–Putin muzokaralari qaysi mamlakatlarda o‘tkazilishi mumkin?
Ekspertlar Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralarga qaysi mamlakatlar mezbonlik qilishi mumkinligini aytishdi, deb xabar berdi «Izvestiya» gazetasi.
Bu borada Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarining imkoniyati yuqori bo‘lishi mumkin. Chunki ular Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etib kelmoqda.
Shveysariya TIV matbuot xizmati rahbari Nikolya Bido, agar Rossiya va AQSh yetakchilari so‘rashsa, o‘z mamlakati ham mezbonlikka tayyorligini bildirdi. Biroq Bern neytral maqomini yo‘qotgan deb hisoblovchi Rossiya tomoni bunga ko‘nishi dargumon, deb yozdi «Izvestiya».
Gazeta so‘roqqa tutgan ekspertlarning aytishicha, Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA Putin va Trampni uchrashtirishdan manfaatdor, chunki ularning xalqaro maydondagi nufuzi yanada oshadi.
Muzokaralarni o‘tkazishga yana bir da’vogar — Turkiya. Sharqshunos Ilya Vedeneyevga ko‘ra, Turkiya rahbariyati ham Rossiya, ham G‘arb bilan ishchi aloqalarga ega. Qolaversa, Anqara doim xalqaro munosabatlarning faol qatnashchisi va o‘zaro nizolashayotgan davlatlarni yarashtiruvchi rolini bajarishga intilib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter