Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Markaziy Osiyoda rus maktablarini ochish haqida gapirdi

Putin Markaziy Osiyoda rus maktablarini ochish haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot chog‘ida mehnat muhojirlari muammosiga to‘xtalib, Markaziy Osiyoda rus maktablari ochish kerakligini aytdi.

«Ogni Kuban» nashri jurnalisti mehnat muhojirlari haqida savol berib, hududlarda ishchi kuchi yetishmasligi muammosi haqida so‘radi.

Putin bunga javoban, bir tomondan, malakasiz ishchi kuchiga ehtiyojni minimallashtirish, ikkinchi tomondan, Rossiyaga ishlash uchun kelgan odamlarni o‘qitish zarurligini aytgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida rus maktablari va rus tili maktablari tarmoqlarini ochish, bo‘lajak muhojirlarni Rossiya madaniyati, qadriyatlari va qonunlari bilan yaqindan tanishtirish zarur, dedi u. Shu bilan birga, mamlakatda bo‘lib turgan muhojirlar uchun talablarni kuchaytirish kerakligini bildirdi.

Bu yo‘nalishdagi harakatga misol sifatida Putin maktablarga rus tilini bilmaydigan bolalarni qabul qilmaslikka ruxsat beruvchi qonunni keltirgan.

Mutaxassislarning fikricha, bu qonun Rossiya Konstitutsiyasiga zid va integratsiyaga xalaqit beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring