Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga tegishli kompaniyalar aksiyalari shiddat bilan o‘sdi

Trampga tegishli kompaniyalar aksiyalari shiddat bilan o‘sdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning hayotiga suiqasd qilingani haqidagi xabardan keyin Trump Media & Technology Group aksiyalari 77,6 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Barron’s moliyaviy jurnali xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Tramp kompaniyasining bitta qimmatli qog‘ozi narxi har bir aksiya uchun 54,84 dollarni tashkil qilgan. Nashrning yozishicha, shu kungacha Tramp ijtimoiy tarmog‘idagi aksiyalar qiymatining o‘sishi 63 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga suiqasd 13-iyul kuni, Pensilvaniyada saylovoldi tashviqoti mitingida sodir bo‘ldi. O‘q Trampning qulog‘iga tegdi.

Otishma natijasida uning tarafdorlaridan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari og‘ir yaralangan. Hujumchi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan. U 20 yoshli Tomas Metyu Kruks bo‘lib chiqdi. Erkak sahnadan 125 metr uzoqlikdagi sanoat binosi tomida yashiringan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring