Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanmoqda
Birozdan so‘ng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.
Qoraqalpog‘istonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar to‘plandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter