Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketildi

Mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketildi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgani va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 5000 dollar borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, voqea 16 avgust kuni sodir bo‘lgan va ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan viloyat boshqarma boshlig‘i hamda boshqa mas’ul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilib, xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.

«Mavjud vaziyat maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nazokat Urazova halolligi uchun vazirning tegishli buyrug‘i asosida lavozim maoshining uch barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, pora olish-berish bilan bog‘liq harakatlar jinoyat hisoblanib, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring