Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dilmurod Rahmatullayev yana rahbarlik lavozimini egalladi

Dilmurod Rahmatullayev yana rahbarlik lavozimini egalladi

Andijon shahri sobiq hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

17-avgust kuni Andijon shahar hokimi G‘ofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni imzolagan.

Ma’lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta’lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta’limi boshqarmasini boshqargan. 2016-2019-yillarda esa Andijon shahri hokimi vazifasida ishlagan. 

Rahmatullayev 2017-yilda o‘qituvchilarni haqorat qilgani audiosi bilan e’tiborga tushgandi. 2019 yilda u ahloqsiz tasviri ortidan ishdan olingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring