Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sud Trampning rejasini to‘xtatib qo‘ydi

Sud Trampning rejasini to‘xtatib qo‘ydi

Federal sudya Karl Nikols xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentlik (USAID) xodimlari manfaatlarini himoya qiladigan kasaba uyushmalari da’vosiga javoban vaqtinchalik qaror qabul qildi.

Sudya da’vo arizasi vakillari talabini qoniqtirib, agar Donald Tramp ma’muriyatining rejalari to‘xtatilmasa, USAID xodimlariga katta ziyon yetkazilishi mumkinligini ta’kidladi.

Sud qarori tafsilotlari, jumladan, allaqachon ma’muriy ta’tilga chiqarilgan 500 nafar USAID xodimining taqdiri keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Reuters xabariga ko‘ra, sudya Nikols kasaba uyushmalarining boshqa talablarini qondirmagan, ular qatorida USAID binolariga kirishni ochish, agentlik grantlari va shartnomalarini moliyalashtirishni tiklash kabi masalalar bor.

Juma kuni AQSh prezidenti Donald Tramp USAID ni yopishga chaqirdi. Bir kun oldin USAID xodimlari agentlikning 10 mingdan ortiq ishchilaridan faqat 611 tasi qoldirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar olishgan.

Juma kuni tun yarimigacha 2 mingdan ortiq xodim ma’muriy ta’tilga yuborilishi kerak edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring