Sobiq merning ayanchli o‘limi
![Sobiq merning ayanchli o‘limi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/920__95_4091404024.jpg)
Yekaterina bobosidan ko‘proq pul olishni istardi.
Nabira o‘zining bobosi va buvisini pul uchun shafqatsizlik bilan o‘ldirdi: jasadlar bir oy bochkada yotdi, u esa mashinalar va qimmatli buyumlarni sotdi.
2025 yilning 3 yanvar kuni Rossiyaning Samara shahri sobiq meri Viktor Tarxov 77 yoshga to‘ldi. Bayramni u rafiqasi bilan Rossiyaga qaytib nishonlashga qaror qildi. Ularning vaqtlari ko‘proq xorijda o‘tardi.
Tarxovlar Samara shahridagi Vilonovskaya ko‘chasida xonadonga ega edilar. Ular aeroportdan to‘g‘ri shu yerga yo‘l oldilar. Kirish joyida kameralar ularning sumkalar bilan uyga kirganini qayd etdi… va shundan keyin bedarak yo‘qolishdi.
Dastlab, bu hech kimni xavotirga solmadi. Viktor Tarxovning tanishlari undan SMS xabarlar olib turdilar: «Ozgina betob bo‘lib qoldik, xotinimning ahvoli unchalik yaxshi emas». Ammo keyin do‘stlaridan biri shubhalanib, politsiyaga murojaat qildi.
Shubhalar asossiz emas edi. 5 fevral kuni (oradan bir oy o‘tib) kechqurun ma’lum bo‘ldi: Viktor Tarxov va uning xotini shafqatsizlik bilan o‘ldirilgan. Jasadlar parchalanib, sassiq hid chiqmasligi uchun plastik bochkalarga solib qo‘yilgan. Jinoyatda gumon qilingan shaxs – marhumlarning 30 yoshli nabirasi Yekaterina Belskaya.
Qotillik nima uchun sodir bo‘ldi?
Huquq-tartibot organlari hali hech qanday rasmiy tafsilotlarni oshkor qilmayapti. Yekaterina tergovda guvohlik berishdan bosh tortgan. Ammo ommaviy axborot vositalarida ba’zi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Belskaya bobosi va buvisining uyiga mehmonga kelgan. Ular o‘rtasida janjal chiqqan bo‘lishi mumkin. Pul masalasida tortishganmi? Hech kim aniq javob berolmaydi, biroq fakt – Katya ularni o‘ldirgan. Avvaliga ularni otib tashlagani aytilgan edi, keyin esa kaltaklab o‘ldirgani haqida xabar tarqaldi.
So‘ng voqealar haqiqiy jinoiy serialga aylandi. Belskaya internet orqali plastik bochkalar buyurtma qildi va jasadlarni shu bochkalarda saqladi. Ma’lum vaqt o‘tib, ularni qismlarga bo‘lib, qora paketlarga solib, turli joylarga tashlab kelgan.
Shu bilan birga, u o‘z moliyaviy muammolarini hal qilishga kirishdi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, bobosining «Toyota RAV4» avtomashinasini soxta ishonchnoma bilan sotgan. Shundan so‘ng, uydagi qimmatbaho ikonalarni ham pullagan.
Bularning barchasini politsiya aniqladi va shu asosda Yekaterina qo‘lga olindi. Ko‘p o‘tmay, xonadonda jinoyat izlari topildi.
Yekaterina Belskaya kim edi?
U yoshligidan boylik va hashamga o‘ch edi. Unga puldan boshqa narsa qiziq emasdi. U o‘qish davrida ichkilikka berilgan, qimmatbaho kiyimlar va ziynatlarga qiziqqandi.
Shuningdek, politsiya uning qarzga botganini ham aniqladi. Insayderlar bu qarzlar qimor va narkotiklar bilan bog‘liq ekanini taxmin qilishmoqda.
Yekaterina yolg‘iz harakat qilganmi?
Hozirda tergov davom etmoqda. Agar uning sherigi bo‘lsa, uni topish kerak bo‘ladi. Hozircha esa Belskaya 2 oyga qamoqqa olingan.
Bu dahshatli hodisa hali ko‘p sirlarni ochishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter