Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu hafta AQSh-Rossiya muzokaralari rejalashtirilmagan – Rossiya TIV

Bu hafta AQSh-Rossiya muzokaralari rejalashtirilmagan – Rossiya TIV

Bir muddat oldin CNN telekanali o‘z manbasiga tayanib, AQSh ushbu hafta Saudiya Arabistonida nafaqat ukrainalik rasmiylar, balki rossiyaliklar bilan ham uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar tarqatgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova CNN yuqoridagi iddaosini inkor qilib, shu hafta Saudiya Arabistonida AQSh-Rossiya muzokaralari bo‘lib o‘tishi haqidagi ma’lumotlarini rad etdi. Uning aytishicha, joriy haftada muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ham AQSh va Ukraina o‘rtasidagi Saudiya Arabistonidagi muzokaralarda «muhim voqealar» yuz berishiga shama qilgan va ikki tomonning Saudiya Arabistonida yaxshi natijaga erishishiga ishonishini aytgan edi.

«U yerga ko‘plab yaxshi odamlar yo‘l olmoqda. Menimcha, Ukrainada hammasi ajoyib bo‘ladi. Rossiyada ham shunday bo‘lishiga umid qilaman. Bu hafta juda muhim voqealar yuz berishi mumkin. Bunga umid qilaman», – degan Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring