O‘zbekistonliklar Rossiyadan ko‘chmas mulk sotib olishda birinchi «uchtalik»da

2024-yilda Rossiyada ko‘chmas mulk sotib olish bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari xorijiy xaridorlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan. Norezidentlar tomonidan amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning 15 foizi o‘zbekistonliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
«Izvestiya» nashrining yozishicha, o‘zbekistonliklardan tashqari Belarus (21 foiz) va Qozog‘iston (18 foiz) fuqarolari ham Rossiya ko‘chmas mulkini sotib olishda faol. Barcha xorijliklar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari ham Moskva (65 foiz), Sankt-Peterburg (10 foiz) va Moskva viloyatidan (15 foiz) kvartira sotib olishni afzal ko‘rishgan.
Flip investitsiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil sentyabr oyidan boshlab Rossiyadan ko‘chmas mulk sotib olish borasida xorijiy fuqarolar ishtirokidagi bitimlar soni barqaror o‘sib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter