Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Trampning G‘azo bo‘yicha keskin taklifiga izoh berdi

Rossiya Trampning G‘azo bo‘yicha keskin taklifiga izoh berdi

Rossiya TIV Trampning G‘azo sektori aholisini ko‘chirish tashabbusiga izoh berdi. 

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifasi bo‘lishi kerak, dedi tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova brifingda.

«Hozirgi bosqichda har qanday munozaralar, populistik, yengil-yelpi xarakterdagi bayonotlar, boshqa palliativ chora-tadbirlar to‘g‘risidagi g‘ayritabiiy rejalar samarasiz bo‘lib, muammoni hal qilishga yordam bermaydi, shunchaki keskinlikni qo‘shadi», dedi u AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorini bosib olishga va tiklashga tayyorligi haqidagi bayonotlarini sharhlar ekan.

Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, G‘azodagi vaziyat «falokatga aylangan» va birinchi navbatda mintaqadagi barcha muhtojlarga yordam ko‘rsatish, barqaror va uzoq muddatli otashkesimni saqlash zarur. «Bu yo‘lda birinchi qadam Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish bo‘lishi kerak», deb ta’kidladi diplomat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu muammoni hal qilish asosiy maqsaddir va G‘azoda tinchlikka erishish va Falastin masalasini to‘liq miqyosda hal qilish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishdan manfaatdor barcha tomonlarning barcha sa’y-harakatlari bunga qaratilishi kerak».

Avvalroq Trampning G‘azo bo‘yicha taklifi uni impichment xavfi ostida qoldirgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring