Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni boshlaydi

Rossiya noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni boshlaydi

Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 5 fevraldan migratsiya siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq navbatdagi o‘zgarishlar kuchga kirishini ma’lum qildi.

«Noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish rejimini nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilmaydigan yoki qolish huquqini qo‘ldan chiqarganlar mamlakatimizda bo‘lmasligi kerak. Ushbu chora xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan», — deyiladi Volodinning xabarida.

Bundan tashqari, mamlakatga kirish yoki undan chiqish qoidalarini buzganlik, shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan migrantga ko‘rsatilishi taqiqlangan xizmatlar ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

Tegishli qonun 5 fevraldan kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring