Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Rasman: Tramp Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Foto: Brendan McDermid/Reuters

Donald Tramp rasman Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod etib saylandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Florida shtati respublikachilarining qo‘llab-quvvatlashi siyosatchining g‘alabasini ta’minladi.

Bungacha Tramp vitse-prezidentlikka 39 yoshli senator Jeyms Vensni tanlagandi.

AQShda prezident saylovi 2024-yil noyabrida bo‘lib o‘tadi. Tramp Respublikachilar partiyasidan nomzodlikka da’vogar, Demokratlar partiyasi esa hamon amaldagi prezident Jo Baydendan umidini uzgani yo‘q. Reuters yozishicha, Jo Bayden prezidentlikka nomzod sifatida iyul oyining oxirida onlayn ovoz berishdan so‘ng rasman Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida tanlanadi.

Yaqinda Tramp bilan o‘rtada bo‘lib o‘tgan teledebatdan so‘ng Baydenning pozitsiyasi ancha yomonlashgan.

Va aksincha, ayrim ekspertlarga ko‘ra, 13-iyul kungi suiqasddan so‘ng Trampga xayrixohlar safi yanada kengaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring