Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chiptalar sotuvida yo‘lovchilar «kiydirilgani» ma’lum bo‘ldi

Chiptalar sotuvida yo‘lovchilar «kiydirilgani» ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJga nisbatan qonunbuzilish holatlari yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llanildi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ faoliyati «Raqobat to‘g‘risida»gi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun hujjatlariga asosan o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlarda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ  Farg‘ona filiali (bo‘linmasi) tomonidan temir yo‘l vokzali (stansiyalari) bo‘ylab 2023 yil davomida 606 380 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin, «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJ  Farg‘ona filiali tomonidan temir yo‘l vokzali (stansiyalari) bo‘ylab 2024 yilning 1 yanvaridan 24 iyul kunigacha  185 806 ta sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 560 mln so‘mga yaqin, umumiy hisobda jami 792 186 nafar iste’molchilardan 1.3 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, o‘rganish natijasida Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan  «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJga va «Shahar atrofida yo‘lovchi tashish» MChJga shaharlararo va shahar atrofida yo‘lovchi tashish bo‘yicha Farg‘ona filiali tomonidan ortiqcha undirilgan to‘lovlarni iste’molchilarga qaytarishi yuzasidan ko‘rsatma berilib, moliyaviy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring