Qozog‘istonda AES qurilishi qancha odamni ish bilan ta’minlashi aytildi
Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satqaliyev mamlakatdagi AES qurilishi loyihasi qancha odamni ish bilan ta’minlashini ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasi doirasida 2030-yilda 5 mingga yaqin odam ish bilan ta’minlanadi, qurilish cho‘qqisiga chiqqan 2032-yilda ishchilar soni 10 ming nafarga yetadi.
«Loyihaning ekspluatatsiya bosqichida kamida 2000 kishining bandligi ta’minlanadi», — dedi Satqaliyev.
Avvalroq ushbu vazirlik AES qurilishi o‘rtacha 10 yil davom etishi va kadrlash tayyorlash uchun maxsus dastur ishlab chiqilishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter