Qozog‘iston O‘zbekistonga kartoshka eksportini chekladi
Qozog‘iston hukumati O‘zbekistonga kartoshka eksportini 6 oy muddatga chekladi.
«Bu ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirishga qaratilgan», – deb xabar qildi Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonga qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekiston tomonidan kartoshkaga bo‘lgan talab ortib borayotgani va eksport narxlarining yuqoriligi tufayli uning tannarxi 1,5 barobar (411 ming tonnadan 605 ming tonnagacha) oshgan. Jumladan, o‘tgan haftada eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida narxlarning keskin oshishi (170 tengedan 270 tengegacha) qayd etilgan.
«Ushbu chora YeOII mamlakatlariga taalluqli emas, ammo bu yo‘nalishdagi eksport ham nazorat qilinadi», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter