Ozdiruvchi va diabetga qarshi dorilar tufayli 80 dan ortiq britaniyalik vafot etdi

Daily Mail xabar berishicha, Buyuk Britaniyada ozish hamda qandli diabetni davolash uchun mo‘ljallangan dorilarni qabul qilgan 80 dan ortiq odam vafot etdi.
Yanvar oyi oxirlarida bu dorilar bilan bog‘liq kamida 22 ta o‘lim holati haqida xabar berilgandi. Qolgan 60 ta o‘lim holati II toifali diabetni davolashga mo‘ljallangan dorilar bilan bog‘liq, deb yozdi nashr.
O‘limga olib kelgan vositalar qatorida «Ozempik», «Tirzepatid», «Viktoza», «Saksenda» kabi dorilar sanab o‘tilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter