Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yarim milliard so‘mlik sifatsiz va qalbaki dorilar aniqlandi

Namanganda yarim milliard so‘mlik sifatsiz va qalbaki dorilar aniqlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Namangan viloyatida 432,1 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.X. Namangan shahridagi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida kelib chiqishi hamda sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 432,1 mln so‘mlik 9 turdagi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring