Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskva Isroil kiberhujumini terrorizm deb atadi

Moskva Isroil kiberhujumini terrorizm deb atadi

Bir kun avval Livanda «Hizbulloh» a’zolarining peyjerlari ommaviy ravishda portlatib, 4 mingdan ortiq odamni yaraladi.

Rossiya Livandagi peyjerlarning portlatilishi oqibatida minglab odamlar jarohatlanganini terrorizm va gibrid urushi akti sifatida baholaydi va Livanga qilingan misli ko‘rilmagan hujumni keskin qoralaydi, dedi Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, ulardan 400 ga yaqini og‘ir ahvolda. Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu «yuqori texnologiyali hujum» tashkilotchilari ataylab keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuvni qo‘zg‘atmoqchi bo‘lishgan.

«Hizbulloh» a’zolariga tegishli peyjerlar 17 sentyabr kuni tushdan keyin butun Livan bo‘ylab ommaviy ravishda portlashni boshladi. Al-Hadath telekanaliga ko‘ra, portlashlar tufayli 500 ga yaqin kishi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.

Sky News Arabia manbalariga ko‘ra, isroilliklar peyjerlarga kirish imkoniga ega bo‘lib, ularga portlovchi PETN (pentaeritrittetranitrat) moddasini joylashtirgan, batareyalar qizdirilganda qurilma portlagan.

Al Jazeera nashrining Livan xavfsizlik xizmatlaridagi manbalariga ko‘ra, portlagan qurilmalar taxminan besh oy oldin sotib olingan. Peyjerlarda nomi ko‘rsatilgan Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi qurilmalarni kompaniya brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan Yevropa kompaniyasi ishlab chiqarganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring