Ko‘chada ushlangan tilanchi millioner bo‘lib chiqdi
Tailand politsiyasi sadaqa so‘rab yurgan ayolni qo‘lga oldi va u boy bo‘lib chiqdi. Bu haqda Bangkok Post yozadi.
Ko‘p sonli uysizlar va tilanchilar haqida shikoyatlar kelib tushganidan so‘ng politsiya Bangkok ko‘chalaridan birida reyd o‘tkazdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari 12 kishini hibsga oldi, ular orasida tilanchi ayol ham bor edi, undan tintuv paytida 311 ming bat (taxminan o‘n ming dollarga yaqin) naqd pul topdi. Bundan tashqari, uning bank hisobvarag‘ida bir million bat (taxminan o‘ttiz ming dollar) miqdoridagi omonat topilgan.
So‘roq paytida ayol shahar ko‘chalarida tilanchilik qilib, shuncha pul yiqqanini tan olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter