Janubiy Koreyada yo‘lovchi samolyot yonib ketdi
Janubiy Koreyaning Pusan xalqaro aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. 170 dan ortiq yo‘lovchi va ekipaj a’zolari evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.
Air Busan samolyoti Pusan xalqaro aeroportidan Gonkongga uchayotgan edi. Samolyotning dumi mahalliy vaqt bilan 22:30da parvoz qilishdan oldin yonib ketgan. Samolyot bortida 169 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan va ular evakuatsiya qilingan.
E’lon qilingan kadrlarga qaraganda, samolyotning dumidan boshlangan yong‘in butun fyuzelyajni qamrab olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter