Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

HAMAS yakshanba kuni 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni beradi

HAMAS yakshanba kuni 120 nafar falastinlik evaziga 4 isroillikni beradi

HAMAS va Isroil o‘rtasida 42 kun amalda bo‘ladigan sulhning birinchi bosqich doirasidagi ikkinchi almashinuv haftaning har shunbasiga belgilangan edi. Biroq HAMAS birinchi almashinuvda Isroil tomoni 90 nafar falastinlikni ozod qilishda kechikkanini aytmoqda va shu sabab 4 nafar isroillik kelgusi yakshanbada garovdan ozod qilinadi.

«Kelishuvning yettinchi kunida davom etaadigan almashinuv raundi 120 nafar falastinlik mahbus evaziga G‘azoda asirda saqlangan to‘rt nafar isroillik ayolning ozod etilishiga asoslanadi.

Isroil kechagi kechikishi tufayli mahbuslarning navbatdagi guruhi shanba kuni emas, yakshanba kuni ozod qilinadi», – deb xabar bermoqda «Al-Mayadin» telekanali.

Telekanal, shuningdek, otashkesim e’lon qilingan keyingi kunlardagi vaziyat xususida ham to‘xtalib, HAMAS rasmiylarining so‘zlarini keltiradi.

Unda aytilishicha, sulhni amalga oshirishning birinchi va ikkinchi kunlari mahbuslarni almashish va yordam yetkazib berish borasida yaxshi o‘tgan, biroq keyingi kunda Isroil razvedka parvozlari va tinch aholiga qarata o‘q uzish bo‘yicha kelishuvning bir qancha buzilishiga yo‘l qo‘ygan.

«HAMAS bilan hamkorlikda ishlayotgan Qatar va Misr vositachilari, shuningdek, amerikaliklar va isroilliklar kelishuvning bajarilishini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Isroilning qonunbuzarliklari, ayniqsa tinch aholiga qarata otishmalar kelishuvga tahdid soladi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, anklavga gumanitar yordam olib ketayotgan ko‘p sonli yuk mashinalari nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kirib kelmoqda va BMT hamda Falastin Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan qabul qilinmoqda. Birinchi kuni G‘azoga kirgan yuk mashinalari soni taxminan 500 yuk mashinasiga yetdi, ikkinchi kuni esa 600 dan oshdi.

Shu bilan birga, G‘azoga vayronalarni tozalash, jasadlarni olib tashlash va yo‘llarni ochish uchun og‘ir texnika olib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring