Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azodagi urushga 42 mlrd dollar sarfladi

Isroil G‘azodagi urushga 42 mlrd dollar sarfladi

Foto: Getty Images

Isroilning G‘azo sektoridagi urush xarajatlari 42 mlrd dollarga yetdi yoki kuniga o‘rtacha 83,8 mln dollardan tushgan. Bu haqda Anadolu Agency xabar berdi.

Urush xarajatlari haqida Isroil armiyasining iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi hamda mudofaa vazirligining budjet departamenti rahbari Gil Pinxas ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, «Isroil osmonini Eron va uning ittifoqchilarining raketalaridan himoyalash uchun bir oqshomda $279 mln sarflangan».

Isroilning «Yediot Axronot» gazetasi yozishicha, «mudofaa budjetining eng katta qismini zaxira armiyasini moliyalashtirish tashkil etib, $12,5 mlrdga yetgan».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring