Eng yirik aysberg Britaniyaga qarashli orolga urilishi mumkin
Dunyodagi eng yirik aysberg — A23a Britaniyaga qarashli Janubiy Jorjiya oroliga borib urilishi mumkin, deb xabar berdi 20min.ch.
Muztog‘ning kelishi orolda yashovchi pingvinlar va tyulenlarni oziqdan mahrum qilib, ularning ko‘payishini xavf ostida qoldirishi mumkin. Bundan tashqari, dengizchilar ham ulkan muztog‘ning tashrifidan mamnun emas.
«Muzning kelishini kutib, projektorlarimizni tun bo‘yi o‘chirmayapmiz. U istalgan yoqdan kelib qolishi mumkin», — dedi Janubiy Jorjiy hukumati kemasi shkiperi Saymon Uolles.
A23a aysbergi bir oy joyida aylanib turganidan so‘ng okean tomon ketishni boshlagan.
Ma’lumot uchun: A23a aysbergi Nyu-York shahridan uch baravar katta, og‘irligi 1 trln tonnaga yaqin. U Antarktidaning Filxner muzligidan 1986-yilda ajralib chiqqan, ammo bir necha kilometrdan so‘ng to‘xtagan va erish jarayoni sekinlashgan.
2023-yil oxirlarida A23a yana harakatlanishni va Antarktidadan uzoqlashishni boshlagan, biroq Janubiy Orkney orollari sharqida, okean oqimlari kuzatiluvchi hududda to‘xtagan edi.
Janubiy Jorjiy (Georgiya) — Atlantika okeani janubidagi arxipelag. Bitta yirik va ko‘plab kichik orollardan iborat. Arxipelagning quruqlik maydoni — 3756 kv km. Orolni ingliz savdogari Antoni de la Roshe 1675-yilda kashf qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter