Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qiyomat muzligi» kutilganidan tezroq xavf sola boshladi

«Qiyomat muzligi» kutilganidan tezroq xavf sola boshladi

«Qiyomat muzligi» shiddat bilan erimoqda – butun dunyo bo‘ylab global suv toshqini xavfi kuchaymoqda.

Antarktidadagi Tueyts muzligi iliq okean oqimlari tufayli kutilganidan tezroq eriy boshladi.

Agar jarayon shu tarzda davom etsa, dengiz sathi 3,35 metrga ko‘tarilib, qirg‘oq bo‘yidagi shaharlar va orollarni suv bosishi mumkin. Nyu-York, Mayami, Sankt-Peterburg kabi yirik shaharlar ham xavf hududidan joy olgan. Shuningdek, katta hududlarda tuproq sho‘rlanishi sababli oziq-ovqat muammosi paydo bo‘ladi.

Muzliklarning erishi global isishni tezlashtiradi, issiqxona gazlarini chiqaradi va sayyorani qattiqroq isitadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring