Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120 kun suv tubida yashagan odam rekord o‘rnatdi

120 kun suv tubida yashagan odam rekord o‘rnatdi

Nemis kosmik muhandisi Panamadagi suv osti kapsulasida 120 kun yashadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

59 yoshli Rudiger Kox 24-yanvar kuni 11 metr chuqurlikdagi kapsulada to‘rt oy o‘tirganidan so‘ng quruqlikka chiqdi. U Ginnesning rekordlar kitobi rasmiylari ishtirokida natijasini bayram qildi, ular 2023 yilda Jozef Dituri tomonidan 100 kun suv ostida yashash bo‘yicha o‘rnatilgan rekord yangilaganini tasdiqladilar.

Kox 120 kun yashagan kapsula qirg‘oqdan uzoqda, motorli qayiqda kamida 15 daqiqa masofada joylashgan edi. 30 kvadrat metrlik uyda karavot, stol, internetga ulangan kompyuter va hojatxona bor edi. Kapsula trubka orqali narvon bilan sirtdagi kichkina xonaga ulangan, uning tomiga quyosh panellari o‘rnatilgan. To‘rtta kamera Koxning kapsuladagi harakatlarini suratga oldi. Loyiha tashkilotchilari uning kundalik hayotini yozib olishdi, shu jumladan, bu vaqt ichida u yer yuzasiga chiqmaganligini isbotladi. 

Koxning aytishicha, u okean tubida ajoyib vaqt o‘tkazgan va hatto ko‘tarilishga majbur bo‘lganidan biroz afsuslangan. «Ta’riflab bo‘lmaydi, buni o‘zingiz boshdan kechirishingiz kerak», - dedi rekordchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring