Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz, elektr va suv ta’minoti xodimlari ushlandi

Gaz, elektr va suv ta’minoti xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Yangihayottumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati ustasi B.R. fuqaro A.A.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 24 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Energosavdo» filiali Andijon bo‘linmasi elektromontyori F.P. norasmiy yordamchisi sifatida ishlatib kelgan tanishi A.A. bilan fuqaro Ya.Yu.ning xonadonida elektr ta’minotidan hisoblangan 5 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishlari evaziga 2,5 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «N.S.T.» MChJ Yangi Namangan tumani bo‘limi nazoratchisi A.V. fuqaro M.A.ning xonadonida ichimlik suvi ta’minotidan 12 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 2,6 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring