Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov og‘ir jangda g‘alabani qo‘lga kiritdi

Shahram G‘iyosov og‘ir jangda g‘alabani qo‘lga kiritdi

Yarim o‘rta vazn toifasida WBA reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov (15-0) meksikalik Migel Parraga (22-4-1) qarshi jang o‘tkazdi.

AQShning Santa-Monika shaharchasida tashkil etilgan 10 raundlik jang to‘liq davom etdi. Shahram G‘iyosov 3-raunddan boshlab ustunlikni qo‘lga oldi. Jangning 7-raundida referi meksikalik bokschi nokdaunga uchraganini qayd etish o‘rniga, Shahramdan taqiqlangan zarba deya, ochko olib tashladi. Aslida bokschimizning zarbasi raqibining tana qismiga to‘g‘ri berilgandi.

Shundan so‘ng ham Shahram aniq zarbalarda ustunlik qildi va yakunda ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring