Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum qilindi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum qilindi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi e’lon qilindi. U joriy yil 31-iyul kuni AQShning Santa-Monika shaharchasida tashkil etiladigan professional boks oqshomida meksikalik Migel Perraga qarshi ringga ko‘tariladi.

O‘sha kuni Isroil Madrimov va Terens Krouford ochiq mashg‘ulotlarda ishtirok etishi aytilmoqda. Mashg‘ulotlardan so‘ng esa kichik 3 ta jangdan iborat boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Shahram G‘iyosov so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Hozirda Shahram G‘iyosov prof boksda 15 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.

Uning raqibi esa 27 ta jangda 22 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov va Terens Krouford jangi 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring