Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahram G‘iyosov aprelda ringga tushadi

Shahram G‘iyosov aprelda ringga tushadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida aprel oyida navbatdagi jangini o‘tkazadi.

«Matchroom» bergan ma’lumotlarga ko‘ra, G‘iyosov 12-aprel sanasida AQShning Atlantik Siti shahrida profboks oqshomida ringga tushadi. Uning raqibi kim bo‘lishi hozircha e’lon qilinmadi. O‘zbekistonlik bokschi ushbu jangda g‘alaba qozonsa, navbatdagi raqibi WBA chempioni Eymantas Stanions bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu kunga qadar professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. Ushbu janglarning 9 tasida raqibini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring