Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosovning ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazganligi holati o‘rganiladi – Ekologiya vazirligi

Shahram G‘iyosovning ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazganligi holati o‘rganiladi – Ekologiya vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda bokschi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan video tarqaldi.

Ekologiya vazirligi bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgani va ayni paytda o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qildi.

«O‘rganish natijalariga ko‘ra batafsil ma’lumot beriladi va huquqbuzarlarga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘riladi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Ma’lumot uchun, Hukumatning «Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlangan. Ushbu ro‘yxatga ayiqlarning barcha turi kiritilgan. Ya’ni boshqa hayvonlar qatori ayiqlarni ham davlat va mobil sirklarida (shapitolar) saqlash hamda ulardan sirk tomoshalarini o‘tkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.

Ekologiya vazirligi, shuningdek, hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabat qoralanishini va bu kabi holatlar qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring