Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni JCh-2034ni o‘tkazish uchun rasman ariza topshirdi

Saudiya Arabistoni JCh-2034ni o‘tkazish uchun rasman ariza topshirdi

Foto: Instagram/abdulaziztf

Saudiya Arabistoni futbol bo‘yicha 2034-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasman ariza topshirdi.

Marosim FIFA prezidenti Janni Infantino hamda Saudiya Arabistoni shahzodasi va sport vaziri Abdulaziz ibn Turki al Saud ishtirokida Parijda bo‘lib o‘tdi.

Jahon chempionati Saudiyada o‘tishi deyarli hal bo‘lgan masala. Yagona raqib — Avstraliya 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 48 jamoa ishtirokidagi 2026-yilgi mundialga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. 2030-yilda jahon chempionati o‘yinlari Argentina, Ispaniya, Portugaliya, Urugvay, Paragvay va Marokashda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring