Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar yopiladi

«Bunyodkor» stadioni atrofidagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston va KXDR o‘rtasida futbol bo‘yicha JCh-2026 saralashi 3-bosqichi doirasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan  Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 17.00 dan soat 23.00 gacha  bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanishi e’lon qilindi:

— Muqimiy va Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor  va KXAY ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Muqimiy  va Arnasoy ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota va Arnasoy ko‘chalari chorrahasigacha bo‘lgan qismi; 

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring