Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 8 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Qozog‘iston poytaxtida davlatimiz rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YuNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter