Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq vazirning sudi jonli efirda uzatilishi kerak

Sobiq vazirning sudi jonli efirda uzatilishi kerak

Shu kunlarda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov va boshqalarga oid jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Sobiq vazir Jinoyat kodeksining 167-moddasining (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi a-bandi, v-bandi, 205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi a-bandi, 206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi a-bandi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi a-bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, davlat xizmatchilarining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ishlar bo‘yicha sud majlislari telekanallar, shuningdek, internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatilishi lozimligi belgilangan.

Shunga asosan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur sud majlisi yuqoridagi Farmon talablari asosida jamoatchilik uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qildi.

Ushbu talablar bo‘lishiga qaramay, sudning 6 sentyabr kungi majlisida OAV vakillarining faoliyati cheklab qo‘yildi. Ularga sud majlisida foto, video va audiomaterial olish taqiqlandi. OAV vakillari shundan so‘ng sud zalini tark etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring