Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘FA O‘zbekiston va KXDR o‘yini bo‘yicha murojaat yo‘lladi

O‘FA O‘zbekiston va KXDR o‘yini bo‘yicha murojaat yo‘lladi

5-sentyabr kuni O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari JCh saralash bahslari doirasida o‘zaro uchrashadi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu o‘yinni «Bunyodkor» stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizdan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘radi. 

«Maydonga tushish qat’iyan man etiladi! Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan ma’muriy hamda moddiy jazo qo‘llanilgani haqida eslatib o‘tmoqchimiz.

Futboldan zavq olib, qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga tashrif buyurishingizni so‘rab qolamiz», deyiladi O‘FA murojaatida.

Mazkur uchrashuvda o‘monlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad Abu Bakar al-Kaf, unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakar al-Amri va Rashid Hamid al-Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Qosim Matar al-Hatmi ishlaydi.

Shuningdek, kuvaytlik Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring