Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni JCh-2034ga 15 ta stadionni tayyorlaydi

Saudiya Arabistoni JCh-2034ga 15 ta stadionni tayyorlaydi

Ronalduning «An Nasr» jamoasi uy stadioni — «Al-Avval Park»

Foto: Football Stadums

Saudiya Arabistoni futbol bo‘yicha 2034 yilgi jahon chempionatiga 15 ta stadionni tayyorlamoqchi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, jahon birinchiligini besh shahar — Ar-Riyod, Jidda, Al-Xubar, Abha va Neom qabul qiladi.

Stadionlarning ayrimlari turnir uchun maxsus — yangitdan quriladi, qolganlari esa qayta ta’mirlanib, FIFA talablariga muvofiq, 40 ming o‘ringacha kenagytiriladi. Ochilish va final o‘yini rekonstruksiyadan so‘ng 92 ming tomoshabinni sig‘diruvchi podshoh Salmon nomidagi arenada bo‘lib o‘tadi.

«Stadionlarda eng yangi texnologiyalar qo‘llaniladi, barcha muxlislarga qulay bo‘ladi», — dedi Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir al-Mishal.

Avvalroq Saudiya Arabistoni futbol bo‘yicha 2034 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun rasman ariza topshirgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring