Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Omadillo Olimov mutlaq chempionlikka erishdi

Omadillo Olimov mutlaq chempionlikka erishdi

Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kuni ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.

O‘smirlar o‘rtasida +102 kg vazn toifasida qatnashgan Omadillo Olimov dast ko‘tarishda 156 kg, siltab ko‘tarishda 205 kg va umumiy hisobda 361 kg natija bilan mutlaq chempionlikka erishdi va 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yoshlar toifasida ham o‘z omadini sinab ko‘rgan polvonimiz ushbu natija bilan yana 3 ta bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari mazkur qit’a birinchiligida 17 tadan oltin va kumush, 10 ta bronza, jami 44 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring