Luis de la Fuente — terma jamoalar miqyosida yil murabbiyi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFHHS) 2024-yilning eng yaxshi terma jamoalar murabbiylari reytingini tuzdi.
Bu yil Ispaniya bilan Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan Luis de la Fuente ushbu ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi (274 ball).
Amaldagi jahon chempioni Argentinani boshqarayotgan Lionel Skaloni (148) ikkinchi, Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham (35) uchinchi o‘rindan joy oldi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi top-10 ga Garet Sautgeyt (Angliya), Emers Fae (Kot-d′Ivuar), Yulian Nagelsmann (Germaniya), Nestor Lorenso (Kolumbiya), Vinchenso Montella (Turkiya), Villi Sanol (Gruziya) va Marselo Belsa (Urugvay) kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter