Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2026: O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Rossiya klublari bilan kuch sinashadi

JCh-2026: O‘zbekistonning guruhdagi raqibi Rossiya klublari bilan kuch sinashadi

Foto: Aussiedlerbote

O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 saralash bosqichidagi raqiblaridan biri — KXDR terma jamoasi Rossiyaning uch klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Shimoliy koreyaliklar Turkiyadagi yig‘in doirasida birinchi uchrashuvni 2-fevral kuni «Tyumen» klubiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu klub Rossiyaning ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rindagi Birinchi ligasi — FNL turnir jadvalida oxirgi o‘rinda turibdi.

Koreyslarning 11-fevraldagi o‘yini esa yanada kuchsizroq raqib — «Leningradets»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu jamoa Rossiyaning ikkinchi A ligasida qatnashadi.

Qolaversa, KXDR terma jamoasi «Baltika» (Rossiya)ga qarshi ham o‘yin o‘tkazishi kutilyapti. 

Ayni paytda Shimoliy Koreya FIFA reytingida 115-o‘rinni band etib turibdi. Yuqoridagi o‘yinlar koreyslar uchun JCh-2026 saralashi doirasida Qatar va BAAga qarshi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston KXDRga qarshi guruhdagi har ikki o‘yinda ham 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring