Ispaniya elchisi uxlab qolgani uchun lavozimidan bo‘shatildi

Ispaniya tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Belgiyadagi elchisi Alberto Antonni zudlik bilan ishdan olishga qaror qildi, deb xabar berdi La Gaceta nashri.
Bunga sabab — Madriddagi elchilar anjumanida tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares nutq so‘zlayotgan paytda diplomat uxlab qolgan.
Albares Ispaniyaning 2025-yildagi tashqi siyosati istiqbollari haqida qariyb bir soat ma’ruza qilgan. Bu paytda Anton esnagani va uxlab qolgani aks etgan videokadr tezda diplomatik korpus vakillari o‘rtasida tarqalib ketdi. Jurnalistlar Shimoliy Koreyada Kim Chen In ishtirokidagi marosimda uxlab qolgan amaldor qatl etilganini ham eslab o‘tishdi.
Lyuksemburgda ishlab kelgan Xose Mariya Rodriges Koso Ispaniyaning Belgiyadagi elchisi etib tayinlanishi kutilmoqda.
Qizig‘i, Alberto Anton 2022-yil sentyabrida Bryusselga elchi bo‘lib ketguniga qadar Diplomatiya maktabida ikki yil ishlaganidan so‘ng bo‘shatilgan ekan, holbuki, standart bo‘yicha bu yerda to‘rt yil ishlab berish talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter