Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Javrail Shapiyev bronza uchun o‘tish bahsida g‘alaba qozondi

Javrail Shapiyev bronza uchun o‘tish bahsida g‘alaba qozondi

Bugun, 9-avgust kungi kechki dasturda bronza medali uchun kurashadigan o‘zbekistonlik erkin kurashchilar soni yana bittaga ortdi.

-86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Javrail Shapiyev o‘tish bosqichida kanadalik Aleks Murni 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi endi kechki dasturda bronza medali uchun amerikalik Aron Bruksga qarshi gilamga chiqadi. 

Ma’lumot uchun, Javrail Shapiyev 1997-yil 20-aprelda Dog‘istonda tug‘ilgan. 2017-yildan beri O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring